Bemor bo`lsa gar u zot
Titroq bosar tanamni
Robbim ayla ehtiyot
Xasta qilma onamni
Ularsiz yashash og`ir
Tingla bir bor nolamni

O`tinaman ey Tangrim
Xasta qilma onamni
Onajonim onam mani

Mehribonim jonim mani
Otamning ko`ngil ardog`i

Jonajonim onam mani
Otamning suyukli yori
Jannatgo`sham onam mani
Yo`q ulardek mehribon
Tushunarlar odamni
Jonini ayla omon
Xasta qilma onamni

Keltirdilar dunyoga
Ko`rdi qancha alamni
Chidadilar sinovga

Xasta qilma onamni
Dil yaram bilasan lek
Yangilama yaramni

Qo`yib hayotimga chek
Xasta qilma onamni
Mushtoqdirlar yo`limga
Qalbin tilma onamni
Rozidirman o`limga –
Xasta qilma onamni

Onajonim onam mani
Mehribonim jonim mani
Otamning ko`ngil ardog`i

Jonajonim onam mani
Otamning suyukli yori
Jannatgo`sham onam mani