Hayot shunday yaralgan
kim boyvacha kim g'arib
Kimlar olisga ketgan
o'z baxtini axtarib

Kim nochor-u kim bemor
davo istar dardi bor
Hayot shunday dilozor
nomardi bor mardi bor

Kim chiroyli yaralgan
ammo ko'zlarida nam
Besh kunlik dunyoning
doim nimasidur kam

Kimdur ko'rgan hiyonat
o'zi sevgan yoridan
Shu insonga ishonib
kechkan edi boridan

Kimlar bola-chaqam deb
yot ellarda sarsondir
Shu jujuklar bo'lmasa
hayot narxi arzondur