Bugun qo'shni mahallada
Yurgan edim ertalab
Bir hovlidan bir qizgina
Turardi menga qarab
Chehrasidan oy boqqan
Kulguchi dilga yoqqan

Jajjigina qo'liga
Qora ko'zli munchoq taqqan

Qora qora qora ko'zli ko'zmunchoq
Taqib olgan qizaloq

Yura yura yuragimni sehrab
O'g'irladingku sen shu chog'
Qora qora qora ko'zli ko'zmunchoq
Taqib olgan qizaloq
Yura yura yuragimni sehrab
O'g'irladingku sen shu chog'