Muhabbatim qaydasan qalb ardog`im
Jayron ko`zim qirlarda qolgan ohum
Qo`lim tegmay to`kilgan qizg`aldog`im
Endi seni izlab qaydan toparman

Qo`lim tegmay to`kilgan qizg`aldog`im
Endi seni izlab qaydan toparman

Kelar bo`lsang yo`lingga gul to`shardim
Sen Layliga men Majnunga o`xshardim
Kelar bo`lsang yo`lingga gul to`shardim
Sen Layliga men Majnunga o`xshardim
Bu dunyoda hijron yo`q deb yashardim
Endi seni izlab qaydan toparman

Bu dunyoda hijron yo`q deb yashardim
Endi seni izlab qaydan toparman

Tushlarimda yig`larsan goh bag`ri qon
Ohlaringdan dud chiqib osmon-osmon
Menga senu senga men bo`ldik armon
Endi seni izlab qaydan toparman