O'tadi kun o'tadi tun
O'tadi oy hamon afsusdaman
Sendan umid qilaverib
Tinmaykutgan sodda bechoraman
Necha necha ro'yosida
Baxtli yurar edik
Endi esa o'zgalarning dunyosida
Nahot kulmoqdasan
Ko'zlari qora gulim
Tinmasdan og'rir dilim
Senda og'rimaydimi

O'zga qo'ling tutganda
Erkalatib quchganda
Meni eslatmaydimi
Men sevgan qora ko'zlar
Bunchalar yolg'on so'zlar
Joninga tegmaydimi
Taqdir so'zin aytganda
Afsuslanib qolganda
Ko'zing yoshlanmaydimi