Qaniydi bu gaplar amalda bo'lganda
Svet gaz eng chekka qishloqda yonganda
G'uddaygan ba'zilar pastroqni ko'rganda
Xalq kutgan besh yillik bu emas opam
Ko'z ochib yurtingiz bir kezing opam

Qonunlar hammaga birdek ishlasa
Poraxo'r jazodan dag' dag' titrasa
Musofirim chetda emas vatanida ishlasa
Maqtanishga ozgina shoshibsiz opam
Bilib bilmay ozgina oshibsiz opam
Narx navoni ko'rib dod degin kelar
Bunga yechim bormi ayting kim bilar
O'qigan ish izlab tentirab yurar
Borini boricha gapiring opam
Yetar endi kulishga or qiling opam

Ey deputat jurnalist siz sinib qolmang
Yurt otasi siz bilan izlanib tolmang
Ey vatanparvarlar nazardan qolmang
Uyg'onsak bu besh yil zo'r bo'ladi
Vatanni yeganlar xor bo'ladi

Qaniydi bu gaplar amalda bo'lganda
Svet gaz eng chekka qishloqda yonganda
G'uddaygan ba'zilar pastroqni ko'rganda
Xalq kutgan besh yillik bu emas opam
Borini boricha gapiring opam