Omadimning kulgani shudir
Qalbingizdan topibman qadr
Meni mendan ko'p qadrlagan
Do'stlarimning boriga shukur

Goh yiqilib gohida turdim
Yaxshi yomon kunlarni ko'rdim
Yashayapman kim uchun bildim
Do'stlarimning boriga shukur

Yaxshi kun ham yomoni ham bor
Dushmanlarim qilolmaydi xor
Bir mehrga qilmaydilar zor
Do'stlarimning boriga shukur