Umr o`zi bir daryo
O`tib borar misli go`yo
O`tdi qancha bahorlar
Layli-Majnunlar sevishganlar

Hali ham o`chmas yodimdan
Seni uchratgan kunimdan
Baxtimni topdim sevgimdan
Armonim yo`q bu dunyoda
Salom sevgim g`unchasi
Ko`nglim erkasi yuragim nolasi
Sen-la birga bo`lsam qalbim malikasi
Kel seni baxtli qilarman o`zim

Azizim ko`zing kulsin
Nurlarga to`lsin hamisha sevgilim
Bir umr yoningda bo`layin men o`zim
Seni baxtiyor ko`rsin ko`zim

Yillar o`tib ketsa ham
Farishtam o`sha-o`shasan
Bir umr hayotimda
Bo`lgin yonimda men-la birga
Moviy munchoq ko`zlaringda
Sevgimizning aksi bor
Qayg`u alamlar bizlardan
O`tib ketsin yiroq

Salom sevgim g`unchasi
Ko`nglim erkasi yuragim nolasi
Sen-la birga bo`lsam qalbim malikasi
Kel seni baxtli qilarman o`zim