Tilingiz boshqayu dilingiz boshqa
Manzilingiz boshqa yo`lingiz boshqa
Ajab oyoq boshqa izingiz boshqa
Charchamadingizmi soxtalikdan do`st
Minnat yashiringan xizmatingizda
Hushyor turish kerak suhbatingizda

Xatar bor har bitta g`iybatingizda
Charchamadingizmi soxtalikdan ey do`st
Xatar bor har bitta g`iybatingizda
Charchamadingizmi soxtalikdan ey do`st
Azaldan deydilar azaldan azal:
Nomard soxta do`stdan mard dushman afzal
Azaldan deydilar azaldan azal:
Nomard soxta do`stdan mard dushman afzal

Havo yetmay qoldi havodan menga
Oy ko`rinmay qoldi samodan menga
Gunoh yasadingiz xatodan menga
Charchamadingizmi soxtalikdan ey do`st
Azaldan deydilar azaldan azal:
Nomard soxta do`stdan mard dushman afzal
Azaldan deydilar azaldan azal:
Nomard soxta do`stdan mard dushman afzal