Ko'zga yosh olma
Dilga o't solma
Mayli yaxshi qol
Yo'lingdan qolma

Yolg'onlaring fosh
Bo'ldi qalamqosh
Xayr bag'ritosh
Yo'lingdan qolma

Bor o'sha tomon
Men o'sha yomon
Mayli bo'l omon
Yo'lingdan qolma

Ko'p qilding xato
Bo'ldi alvido
Ishqsiz bevafo
Yo'lingdan qolma