O'ksinma dunyoning
Tashvishini deb

Yig'lama nomardning
Qilmishini deb

Og'rinma hayotning
Yoz qishini deb
Ko'rasan hammasi
Yaxshi bo'ladi

Keladi zo'rlardan
Zo'rlari albat

Tugaydi gumonlar
Tugar malomat

Do'st bo'lsin sen uchun
Sabr va toqat
Ko'rasan hammasi
Yaxshi bo'ladi