Zamon og'ir qo'y bolam
Zamonga boq deydilar
Allohgamas tichgina
Insonga boq deydilar
Haqqimni ber bu zulm
Qayda haqiqat desang
Qarshi chiqma oqimga
Qo'shilib oq deydilar
Masjid borsang murdatu
Mayxonada valesan

Boda tutsang Balliyu
Yo'qsa gumroh deydilar
Ishxona masjid emas
Ishxona ishratxona
Gar nomozga chorlasang
Ko'nglimiz oq deydilar
Zamonga zil zamonga boq
Bu gaplar yangiikmas
Avval ham aytgandilar
Yana shundoq deydilar