Gulyor oq libos kiyib
Boshing egib turibsan
Yoningda o'ktam yigit
Demak turmush quribsan
Ota onamiz shoshib
Erta patir ushatgan
Menga yoshligimda
Qulog'ingni tishlatgan

Mayli barcha sirimni
Parilarga aytib ber
Qulog'ingdan tishimni
Izlarini qaytib ber

Oydan go'zal qiz bo'lding
Oshiqlaring ko'paydi
Bog'da gullar bo'y cho'zdi
Yuzlaringdan o'pay deb
Ota onamiz shoshib
Erta patir ushatgan
Menga yoshligimda
Qulog'ingni tishlatgan

Mayli barcha sirimni
Parilarga aytib ber
Qulog'ingdan tishimni
Izlarini qaytib ber