Taqdir sinab sindirsa sabrin
Tortsa borliq dunyoning jabrin
Suyganlari qazisa qabrin
Mayxonada yig'laydi erkak
Hech ketmasa boshidan g'amlar
Axmoq qilsa bilgani kamlar
Quyosh bo'lsa bas kelsa shamlar
Mayxonada yig'laydi erkak

Shoqol yesa arslon oshini
Do'stlar otsa tuxmat toshini
Mz devorga qo'yib boshini
Mayxonada yig'laydi erkak
Kechay desa kecholmay jondan
Alam kechsa har lahza ondan
Ko'zda yoshi qip qizil qondan
Mayxonada yig'laydi erkak