Yolg'ondan kulsa do'st
Yolg'ondan yig'lasa

Dilda araz tilda
Shirin so'zlasa

Hasaddan amaling
Joning ko'zlasa
Sezmasang beparvo yotganlaringdan
Yo'qotmog'ing ko'pdur topganlaringdan

Do'stlaring quvonsa
Quvonmasa dil

Birov yig'lab tursa
So'rmasang ko'ngil

Bu dunyoda o'zigni
O'ylasang nuqul
Bilki zalolatga botganlaringdan
Yo'qotmog'ing ko'pdur topganlaringdan