Umrim bo'yi bittagina
Yozgandim maktub
O'shani ham sevganimga
Bera olmaganman

Palahmon tosh otildiyu
Uzoq uzoqqa
Shundan beri u go'zalni
Ko'ra olmayapman
Umrim bo'yi bittagina
Yozgandim maktub
O'shani ham sevganimga
Bera olmaganman

Palahmon tosh otildiyu
Uzoq uzoqqa
Shundan beri u go'zalni
Ko'ra olmayapman

Qayda ekan bormikan
Yurganmi omon
Gohi sog'inib ko'rgim
Keladi yomon
Ism ham jismiga mois
Parizod edi
Parizodni sevaman
Sevaman hamon

Qayda ekan bormikan
Yurganmi omon
Gohi sog'inib ko'rgim
Keladi yomon