Jamolingdan o'rgilay yurtim
Savlatlaringa borman
Tog'laringda olmayu anor
Ne'matlaringa borman
Bag'ringda el xurramu shodon
Madhing aytib tillarim biyron
Bag'ringda el xurramu shodon
Madhing aytib tillarim biyron

Dunyo ko'rib erkingni hayron
Hayratlaringa borman
Dunyo ko'rib erkingni hayron
Hayratlaringa borman

Farzandlaring o'smoqda yayrab
Sening noming qalbiga joylab
Farzandlaring o'smoqda yayrab
Sening noming qalbiga joylab
Nuroniylar duolar aylab
Xurmatlariga borman
Nuroniylar duolar aylab
Hurmatlariga borman