Yiqilsamki har qachon
Onamga suyangayman
Duo go'yim panohim
Otamga suyangayman

Cho'qqilarga intilsam
Vatanga suyangayman
Sen men uchun ulug'vor
Qo'rg'onimsan vatanim

Men chamanda tug'ildim
Chechaklaring tedim men
Sen mehringni berding menga
Jaxonimni berdim men

O'zbekman deb maqtanib
Ko'kragimni kerdim men
Sen gullagan gulzorim
Bo'zkonimsan vatanim