Yurak torim chalar
Mazali yorim
Borgan sayin nozi jonimga yoqar
Ohu ko'zlarida olar bu jonim

Qomati ko'z ko'zlarimga olov yoqar
Bir ko'rmasam yozilmaydi humorim
Ozorlari yurak yurakka botar
Ko'zlarimda dard chekish bo'ldi korim

Vaslin o'ylab kun botim tonglar otar
Man o'zim devonasi devonaman
Nozi ishvasi ishqinda yonaman
Nozlaringdan ahay pardozlaringdan ahay

Aqli hushimni olgan ovozlaringdan ahay ahay
Nozlaringdan ahay pardozlaringdan ahay
Aqli hushimni olgan ovozlaringdan ahay ahay
Nozlaringdan ahay pardozlaringdan ahay