O'n olti baxorni
Qarshilagandi o'shanda
Yuziga tushardi
Ikki zulfi yarashib

Chiroyli kulishidan
Qalbda hayajon oshardi
O'ziga yarashardi
Tikilib qarashi

Gap so'zi manoli va
Odob bilan gapirardi
Bir kunda necha bor
Gaplashsakda salom berib

Mendan o'tsa ham
Kechirimni u so'rardi
Uni jilmayishidan
Jahlimdan tushardim erib