Yoshligimni ko’p sog’indim men qaytolmadim
Andijonlik ul go’zalni unutolmadim
Aytay dedim muxabbatim hech aytolmadim
Andijonlik ul go’zalni unutolmadim

Taqdir meni ko’p yo’llarga boshlagan bo’ldi
Goh kuldirib goh ko’zlarim yoshlagan bo’ldi

Ammo yurak ul go’zalni sog’inib kuydi
Andijonlik ul go’zalni unutolmadim

Bolalikning ko’chalari eslatar seni
Ilk qo’lingdan tutgan kunim qumsatar seni
Yor-yor bo’lib ketgan kuning yig’latar meni
Andijonlik ul go’zalni unutolmadim