Bahorlar o'tib ketdi
Yoz ham kuz o'tib ketdi
Mana qish yetib keldi
Sovuq ham qaytib keldi

Lek qaytmading sen go'zal
So'zlari yolg'on asal
Ko'zlari chiroyligim
Hidlaring ekan zahar

Baribir sevdim o'shanda
Ko'r ekanman oshanda
Ko'nglimni senga berib
Adashibman o'shanda

Nega seni seni sevdim o'zi
Nega ko'ngil ko'ngil berdim o'zi

Mana bugun yo'qsan endi
Qaylarda yuribsan endi
Bu sog'inch ich ichimni yedi
O'ylayverib tunlar seni

Qani yana birga bo'lsak
Yana bir bor urunib ko'rsak
Qani yana imkon bo'lsa
Yarim bo'lgan ko'nglim to'lsa

Mana bugun yo'qsan endi
Qaylarda yuribsan endi
Bu sog'inch ich ichimni yedi
O'ylayverib tunlar seni

Qani yana birga bo'lsak
Yana bir bor urunib ko'rsak
Qani yana imkon bo'lsa
Yarim bo'lgan ko'nglim to'lsa