Poyga ohista
Gulchambar sochib
Qalbiga shodlikdan
Qo'rg'on quraman
Hayotida yangi
Sahifa ochib
Onamni eng baxtli
Ayol qilaman

Yuragi dard alam
Tuymaydi sira
Ko'ngliga armon suv
Quymaydi sira
Dunyodagi barcha
Ayoldan ko'ra
Onamni eng baxtli
Ayol qilaman