Yana alamli tun
Hamon uyqu kelmas ko'zingga
Yana o'sha sur'at qo'lingda
Yig'layapsan ko'zingda yosh

Bilmaydi u bag'ritosh
U uchun sevging o'yinchoq
Sen uning uchun bir ovunchoq
Nega hali umid uzganing yo'q

Sevgi o'zi shundayin dard
Sevgan inson kuyar faqat
Og'riq soladi beshavqat
Qalbingda qolar to abad

Hayot shunday deb o'ylama
Umid so'ndirib yig'lama
Yaralangan sof yurakning
Uvoli bor unutma unutma unutma

Bahor o'tadi kuz hamon
Uni kutib yashaysan
Nega tinmay o'zing aldaysan
To'karsan behuda ko'z yosh
Kelmaydi u bag'ritosh