Chaqirsayding kelmasmidim yor
Sening uchun o'lmasmidim yor
Chaqirsayding kelmasmidim yor
Sening uchun o'lmasmidim yor
Dunyoni tez burmasmidim yor
Oromim yor Obodim yor
Oftobim yor

Dunyoni tez burmasmidim yor
Oromim yor Obodim yor
Oftobim yor
Yomg'ir kulsa eslamadingmu
Nurlar so'nsa eslamadingmu
Tosh yorilsa eslamadingmu
Oromim yor Obodim yor
Oftobim yor

Tosh yorilsa eslamadingmu
Oromim yor Obodim yor
Oftobim yor

Zaxar tutsang sharbatim o'sha
Shoxday egsang qomatim o'sha
Zaxar tutsang sharbatim o'sha
Shoxday egsang qomatim o'sha
Sen chorlasang omadim o'sha
Oromim yor Obodim yor
Oftobim yor

Sen chorlasang omadim o'sha
Oromim yor Obodim yor
Oftobim yor

Daryo toshsa kam bo'lgani yo'q
Quyosh yonsa sham bo'lgani yo'q
Yostiqlari nam bo'lgani yo'q yo'q
Oromim yor Obodim yor
Oftobim yor

Ey pari desang uchib borardim
Tog' bo'lsa xam ko'chib borardim
Jannatlarni quchib borardim
Oromim yor Obodim yor
Oftobim yor

Jannatlarni quchib borardim
Oromim yor Obodim yor
Oftobim yor
Chaqirsayding kelmasmidim Yor