Vaqtlar o'tib o'tmishimdan
Kechib ketsam
Senga bo'lgan bor sevgimni
Olib ketsam

O'zga yorga hammadan ko'p
Ko'ngil bersam
Chidaysanmi mensizlikka
Aytgin gulim

Yuragimga sen mehmoni
U mezbon bo'lsa
Hayosidan vafosidan
Ko'nglim to'lsa

Senga bo'lgan muhabbatim
Butkul so'nsa
Chidaysanmi mensizlikka
Aytgin gulim

Ajratadi degan eding
Faqat o'lim
Chin sevgimiz o'ldimiyo
Aytgin guli