Qizlar ko'p vafoli ho'p sanam
Sochlari uzundir qoshlari qalam
Chekmanku qayg'udan siz alam
Uylaning yoshingiz o'tayapti

Ortizdan go'zallar poylaydi
Yurakka sevgisin joylaydi
Qalblarda jarohat qolmaydi
Uylaning yoshingiz o'tayapti

Kir yoqa kir ko'ylak kiymaysiz
Tong sahar uyqudan turmaysiz
Ko'chada och nahor yurmaysiz
Uylaning yoshingiz o'tayapti

Sochlariz taraysiz yoqay deb
Dildorani ko'nglini topay deb
Onangizni aldaysiz kegin deb
Uylaning yoshingiz o'tayapti