Haliyam tirikman
O'lib qolmadim
Quvonishga shoshmang
So'lib qolmadim

Siz o'ylagandek past
Bo'lib qolmadim
Men hali o'zimni

Yo'qotganim yo'q
Erkakcha so'zimni
Yo'qotganim yo'q

Mehringizni tutmang
Hovuchingizda
Xiyonat izi bor
Kovushingizda

Aslo kulmang baland
Tovushingizda
Men hali o'zimni

Yo'qotganim yo'q
Erkakcha so'zimni
Yo'qotganim yo'q