Halolu haromni farqiga bormay
Shaytonga ergashar ortidan qolmay
Erta kech aroqni ichganlar tinmay
Yig'langlar dunyoga to'yolmaganlar

Zino yu faxshdan hazar qilmagan
Bir bora masjidga qadam qo'ymagan
Dunyoni zarini yig'ib to'ymagan
Yig'langlar dunyoga to'yolmaganlar

Yig'langlar dunyoga to'yolmaganlar
Boshini sajdaga qo'yolmaganlar
Yig'langlar dunyoga to'yolmaganlar
Boshini sajdaga qo'yolmaganlar

Kimlardir nogiron tovbani qilsa
Sog'larni makoni choyhona bo'lsa
Qalblari g'iybatdan gunohga to'lsa
Yig'langlar dunyoga to'yolmaganlar