Shuncha yillar o'tti bir zumda
Yuragimni yulib otaman
Ko'cha tomon qarab gohida
Bolalikni izlab ketaman

Hayot sinovlari ko'p hali
Zo'rdan chiqar zo'rlari qani
Kuchdan qolar yosh o'tgan sari
Bolalikni izlab ketaman

Qaytmaydimi endi mani yoshligim
Birga qilgan orzularimiz qani
Bugun yakunga yetti safarimiz
Sizni sog'indim do'stlarim mani

Bu dunyoga kelibman axir
Nima ishlar qildim bilmadim
Osmonarga yetmadi nolam
Bolalikni izlab ketaman