Peshonam devorga urilganida
Yiqilsam dushmanim suyinganida
Yosh kelar ko'zimga ey Parvardigor
Men uchun onam kuyinganida

Ming rasvo bo'lsam
Qilsam ham xato
Ortimdan pinhona
Qilarkan duo
Yaratganim sendan
Onamga uzun
Umr ber Xudo

Farzandi uchun yona yona
Ikki dunyo yashar ona
O'z hayotidan tona tona
Bizlarni deydi ulug' ona