Azoblaring dilim tilar sen bilmading
Kulay desam ko'zim yig'lar sen bilmading
Eslamadi dema bir bor guzalginam
Eslaganim xudo bilar sen bilmading
Nima qilay bir dalli-yu devonaman
Oyog'ingda xor etganing ostonaman
Dilimdasan lekin senga begonaman
Yuragimda armon yig'lar sen bilmading