Qora kunda qora tunda
Sen ham bag'ring tig'ladingmi
Aytchi jonim aytchi rostin
Ayriliqqa yig'ladingmi
O'lib go'yo o'lmadim men
Yig'lamadim kulmadim men
Ne qilarim bilmadim men
Senchi jonim bilmadingmu

Yig'ladingmu yig'ladingmu
Aytchi men ham yig'layinmu
Sevgi yomon yomon deya
Elga oshkor aylayinmu
Yig'ladingmu yig'ladingmu
Aytchi men ham yig'layinmu
Sevgi yomon yomon deya
Elga oshkor aylayinmu