Ey Xudo o'zingdan so'rayman shuni
Do'stdan xabar keldi o'tgan qay kuni
O'zga yurtda yurganmish bilmapman buni
Musofirda yurganlarni o'zing asragin
Taqdir kitobini o'zing yozibsan
Dema bandam endi aqldan ozibsan
Ko'ngimdan o'tganin bilib turibsan
Uyin sog'inganlarni o'zing asragin

Ularga osonmas gulxonasidan
Kimdur ayro bunda o'z oilasidan
Yana kimdur uzoq yolg'iz onasidan
Musofirda yurganlarni o'zing asragin
Qora ko'zlar ota deb yo'l qarab mana
Sochin tarab ayoli yo'l qarar mana
Senga nimalarni ko'rsatay yana
Bolam deb yurganlarni o'zing asragin

Bu teshik to'g'orani tashvishin qilib
Bir-ikki so'm topaman deb tavakkal qilib
Issiq-sovuq kunlarni bo'yniga ilib
O'zga yurtda yurganlarni o'zing asragin
Otasida ming hayol jim yuradi-jim
Onasida orom yo'q jim turadi jim
Sen qilmasang tashvishin kim qiladi kim
Ularni farzandini o'zing asragin

Qara bunda qiynalar qanchalar ne jon
Bazisidan ko'nglim to'q bazisi yomon
Ertamiz ne bo'lar bilmasmiz gumon
Alloh ne bo'lganda ham o'zing asragin
Balki yomonmasdur o'zga yurtlar ham
Balki yahshi insonlar bo'lgandurlar jam
Lek hech kim jigaringdek bo'lolmaslarkan
Musofirda yurganlarni o'zing asragin

O'zga yurtda ariqdan olma oqmasa kerak
Sahar turib issiq nonlar yopmasa kerak
Do'stlar bilan oshga bormasa kerak
Shuni sog'inganlarni o'zing asrasin
Sog'inmaydi deysanmi so'ginadida
Yarim tunda turvolib o'grinadida
O'z yog'iga o'zi qovruladida
Ana shu insonlarni o'zing asragin

Jigarim opamsiz Vatandosh akam
Allohdan o'zga yo'q eng oliy hakam
Duodamiz ko'zlaringiz bo'lmasin hech nam
Aziz vatandoshlarni o'zing asragin
Ey Xudo o'zingdan so'rayman shuni