Hayotimga bahor kabi
Kirib kelgan go'zal yorim
Nechun erta hazon kabi
Ketar bo'lding dilozorim
Gulyuz nigor ko'zi xumor
Bag'ri bahor bevafo yor
Gulyuz nigor ko'zi xumor
Bag'ri bahor bevafo yor

Nigohingla yuragimni tilib ketding
Muhabbatim g'unchasini yulib ketding
Sevdim deding rostingmi yo kulib ketding
Orzularim armon qilgan dilozorim
Gulyuz nigor ko'zi xumor
Bag'ri bahor bevafo yor
Gulyuz nigor ko'zi xumor
Bag'ri bahor bevafo yor