Sizsiz qiynoqda jonim
Nursiz sevgi osmonim
Yonimda yolg‘izim yo‘q-
Sog‘indim mehribonim
Suratlarga qarayman
Sizdan uzr so‘rayman
Keling bir bor ko‘rayman
Sog‘indim mehribonim

Xotiralar shirin tush
Sizsiz yuragim bo‘m-bo‘sh
Ko‘zlarimda to‘la yosh
Sog‘indim mehribonim
So‘lgan gulman kun sayin
Sizsiz yashamoq qiyin
Chalib yolg‘izlik kuyin
Sog‘indim mehribonim

Dil zorimni bilmaysiz
Menga rahm qilmaysiz
Kuttirasiz kelmaysiz
Sog‘indim mehribonim
Siz baxtimsiz derdingiz
Yomon o‘tar qadringiz
Ko‘z yoshlarim bir dengiz
Sog‘indim mehribonim