Taqdirimiz bizni birga qilmadi
Muhabbat ham bizni jiddiy bilmadi

Ota onang bizni tushuna olmadi
Qo'lim yetmadi qo'lim yetmadi

Orzular ham qoldi o'tmishimizda
Bekorchi xom hayollar sur'atimizda

Baxtimiz ko'rgandik bir birimizda
Olib qololmadim yoningda bo'lolmadim

Ketgan kuningdan qoldi dog'
So'ldi biz ekkan gullaru bog'

Dardlarimga cho'kar hatto tog'
Yorishmas ichimga yoqsam chiroq

Ketgan kuningdan qoldi dog'
So'ldi biz ekkan gullaru bog'

Dardlarimga cho'kar hatto tog'
Yorishmas ichimga yoqsam chiroq