Ne tunlarni bedor o'tkazdim
Achinmayman ularga mayli
Ne dillarga ozor yetkazdim
Senga bo'lgan sevgim tufayli
Muhabbatim asra pok tutib
Sadoqatdan bog'ladim kamar
Sendan faqat bir so'zni kutib
Yarim umrim o'tdi besamar

Yarim umrim yarim umrim
Yarim umrim o'tdi tashna zor
Yodgorimdan qalbdagi yaram
Bo'lmas ekan bo'lmas ekan
Bo'lmas ekan sevgingda qaror
Nechun sevding ey sanam

Endi seni qumsab sog'inib
Alam bilan axtarmasman ham
Ko'rmagandek sevgi dog'ini
Hijroningda ilim chekmas g'am