Dilimda cho'g' tilimda cho'g' yon
yuragim
Yig'lamagin u keladi Jon yuragim
Seni kutib uyqu bilmay Tunlar
bedor
Sevib sevib sevilmagan Qon
yuragim

Seni so'rab qara tinmay
Yig'layverar
Mahzun mahzun nolalarim
Yangrayverar
Yolg'izlikka chidolmasdan
Ingrayverar
Sevib sevib sevilmagan Qon
yuragim

O'ngidan hech kelmas mening Bu
tushginam
Qalbim mening mendan battar
Xomushginam
Qanotlari yaralangan Oqqushginam
Sevib sevib sevilmagan Qon
yuragim
Sinamagin sadoqatim Sabrimni sen
Bir kun albat biladirsan Qadrimni
sen
Kutib turar izlab borsang Qabrimni
sen
Sevib sevib sevilmagan Qon yuragim
Yuragimga azob bersang Qanday
chiday

Til uchida xanjar ursang Qanday
chiday
Unda ayb yo'q u begunoh
Farishtaday
Sevib sevib sevilmagan Qon yuragim
Suratingni quchib bugun Qoldim
uxlab
Yashaymanda bag'rimni men Endi
cho'g'lab
Oshiq Ahad dardlarini Yozar yig'lab
Sevib sevib sevilmagan Qon
yuragim

Dilimda cho'g' tilimda cho'g' Yon
yuragim
Yig'lamagin u keladi Jon yuragim
Seni kutib uyqu bilmay Tunlar
bedor
Sevib sevib sevilmagan Qon
yuragim