Yana u yana kun
Hayotimga qaytmasaydi
Unutsaydim uni butkul

Yana kun bo'yida qo'yvormasdan
O'ziga tortadi meni
Meni yana yana

Eslatadi uni bu yurgan yo'llarim
Sevar edim bu rost
Lek yetmas qo'llarim

Hozirda o'zga bilan
Baxtli yurganligini
Meni unutgan butkul
Men eshitdim buni

Bir chekkadan qarab
Yuragim yig'laydi jim
Soxta orzularni
O'tmishimga ko'mdim

Sen menga aytgan o'sha
Barcha yolg'onlar bilan
O'zimni aldadim
Baxtliman deb bildim