Mehr berib to'ymagan
Yolg'iz tashlab qo'ymagan
Doim meni o'ylagan
Onajonim bor bo'ling
Mehribonim bor bo'ling

Qo'lim tutib erkalab
Oq yuvdingiz oq tarab
Parvonamsiz jon halak
Onajonim bor bo'ling
Mehribonim bor bo'ling

Duogo'yim panohim
Duolari hamrohim
Yuzga kiring ilohim
Onajonim bor bo'ling
Mehribonim bor bo'ling