Dunyoga berilib ketdingiz
O'shal orzularga yetdingiz
Namozni nega unutdingiz
Otajon nomoz o'qing endi
Boylikni quvib sindingiz
Do'st-u dushmanni bildingiz
Joynomozdan doim qochdingiz
Otajon nomoz o'qing endi

Bu dunyo o'tkinchi arzimas
Ichkilik odamga farz emas
Savoblar qarzga xam berilmas
Otajon nomoz o'qing endi
Yuzlariz nurli bo'lar xar kun
Savoblar yozilar tun-u kun
Turing Bomdodga o'ziz uchun
Otajon nomoz o'qing endi