Azobim bo'g'zimga tiqiladi harkun
Unutolmay qalbim qiynalar tunu kun
Ko'p qildim harakat unutmadim bir zum
Bu bergan azobing senga qaytar bir kun

Mana yillar o'tdi sevib ham sevildik
Sevgining bag'rida buncha tez quvildik
Bilmay ko'rmay sezmay zarra ham achinmay
Ayblamagin deya sen meni hor etding
Ketma ketma meni tark etma

ketma ketma meni tark etma
ketma ketma meni tark etma
Ketma ketma meni hor etma

Qanday endi yashay ayt qanday unutay
Bu cheksiz sog'inchga ayt qanday ko'nikay
Ko'z oldimda sensan hayolimda sensan
yurakdan suvrating ayt qanday o'chiray

Asragin qalbimni men senga bergandim
o'sha qalbim kabi seni asragandim
Ko'rib bilib turib ishonchim so'ndirib
sevganimsan deya sen meni zor etding

Ketma ketma meni tark etma
Ketma ketma meni tark etma
Ketma ketma meni tark etma
Ketma ketma meni hor etma
Meni hor etma
Bir zum unutmadim hayoldan ketmading