Men toshlarning tiliman
Men ko'ngilning guliman
Bu dunyoning diliman
Mendan meni so'rama
Tillosi yo'q boy nadur
Egilmasa yoy nadur
Suv oqmasa soy nadur
Mendan meni so'rama
Kundan tunni so'rama
Qo'rdan kulni so'rama
Mendan dunyo so'rayver

Mendan meni so'rama
Kundan tunni so'rama
Qo'rdan kulni so'rama
Mendan dunyo so'rayver
Mendan meni so'rama
Sen yetmagan yo'ldaman
Suv kirmagan cho'ldama
Bir maysaman do'ldaman
Mendan meni so'rama
To'kilmasam to'lmayman
Qor qo'ynida gullayman
Men shunchaki o'lmayman
Mendan meni so'rama

Kundan tunni so'rama
Qo'rdan kulni so'rama
Mendan dunyo so'rayver
Mendan meni so'rama
Kundan tunni so'rama
Qo'rdan kulni so'rama
Mendan dunyo…