Kechagidek yodimda chunki kecha yonimda
Birga edi men bilan ketmas edi yonimdan
Yolg`iz qoldirmas edi mensiz turolmas edi
Chunki kecha u mening yarim bo`lagim edi

Seni sevaman derdi so`zimga ishon derdi
Va bir kuni ketdiyu menga armonlar berdi
O`sha armonlar bilan yashayabman men hanuz
Nega sevdim men o`zi nega sevdim ming afsus

Nega boshladik barini bir kun kelib tugatsak
Nega sevdik bir-birimiz agar ajralib ketsak
Nega berding umidlar nega qildik orzular
Nahot shunchaki gap-so`zlarda qolib ketdi ular

Sevgi agar shu bo`lsa sevgisiga ming la’nat
Qani baxtli yakuni azob berdiku faqat
Baxtli bo`laman deya sevgan edimku axir
Nahot mening peshonamga baxtni yozmagan taqdir

Axir kechagina yonimda ediku
Axir kechagina sevaman derdiku
Axir kechagina biz birga edikku
Kechagina axir meniku edi u (x2)

Mendan sevgini so`rama sevgini yomon ko`raman
Sevgidan kuyib kul bo`lgan o`sha telba bolaman
Unutishga urinib go`yo baxtlidek ko`rinib
Shularga chidab yuribman bardosh berib yuribman

Kechagina axir barchasi boshqacha ediku hammasi
Bir zumda ayirdi baxtimdan taqdirning bergan zarbasi
Ayrilish uchun sevganmidim axir borimni bergan edim
Sevdimku axir telba bo`lib nima yetmadi tushunmadim

Jonga tegdi hammasidan charchadim
U haqida so`rayverib barchadan
Qayerda u hozir ekan kim bilan
Axir kechagina edi men bilan

Jonga tegdi hammasidan charchadim
U haqida so`rayverib barchadan
Qayerda ekan u hozir kim bilan
Axir kecha ediku men bilan