Men seni behuda ranjitmam aslo
Cho'chima bemehr zolim emasman
Oilam qo'rg'onin qilgum mudofaa
Onamni demasang yorim demasman

Uzukka to'ldirgum barmoqlaringni
O'zim taqgum tillo baldoqlaringni
Lek shu so'zga ding qil quloqlaringni

Onamni demasang yorim demasman
Onamni demasang yorim demasman

Qurgan koshonamu zebu zarlarim
Ishqiy maktublarim shox asarlarim
Senikidir bari lek bil dilbarim

Onamni demasang yorim demasman
Onamni demasang yorim demasman

Volidamni mendan ustun ko'rayver
Bor mehringni berib gulga o'rayver
So'ngra ne istasang mendan so'rayver

Onamni demasang yorim demasman
Onamni demasang yorim demasman