Onajon gullar sochaymi poyingga
Onajon gullar hayrondir chiroyingga
Onajon bag'ringga bos mehringga qonay
Onajon seni quvontirib quvonay
U meni kutar kecha kunduz
Yo'llarimda ko'zi
Bu faqat onamdir
Omadimning sababi o'zi

Baxtimning yulduzi
Bu faqat oamdir
Atrofimda yonar parvona
Dunyoda bir dona
Bu faqat onamdir
Duosi oshkora pinhona
Tunlari uyg'ona
Bu faqat onamdir onamdir

Kechalari ko'chalarda
Daydib daydib
Yarim kecha kelsam
Uyga qaytib qaytib
Keldingmi bolam der
Meni deb bedorim
Onajonim mehribonim beozorim
Izlarimdan o'par
Ko'zlarimdan o'par
Oshsa haroratim
To'rt tomonga chopar
Dardimga qaydan bo'lsa ham
Malham topar

Meni kutar kecha kunduz
Yo'llarimda ko'zi
Bu faqat onamdir
Omadimning sababi o'zi
Baxtimning yulduzi
Bu faqat oamdir
Atrofimda yonar parvona
Dunyoda bir dona
Bu faqat onamdir
Duosi oshkora pinhona
Tunlari uyg'ona
Bu faqat onamdir onamdir