Bog’imdagi bir qizil gul uzildi so’ldi
Boshqa bog’bon qo’llarida hid sochar bo’ldi
Gulim senga boqolmadim mendan ranjima
Yangi bog’da bir umr qol hech qachon so’lma

Meni meni unutma meni meni unutma
Gulim meni unutma

Sen qoldirgan bog’ni endi tikonlar bezar
Xushbo’y hiding ketib bunda ilonlar kezar
Qahratonga mahkum bo’ldim bo’ronli kunga
Senda esa hamon bahor shabboda esar

Meni meni unutma meni meni unutma
Gulim meni unutma

Huvillagan boqqa dardim to’kib kuylasam
Qo’shni bog’da erka bulbul shodon kuylaydi
Sendan qolgan yaproqlarni silab yig’lasam
Qo’shni bog’bon jonli bo’ying tuyib quvnaydi
Sendan qolgan yaproqlarni silab yig’lasam
Qo’shni bog’bon jonli bo’ying tuyib quvnaydi

Meni meni unutma meni meni unutma
Gulim meni unutma