Topmoq yo'qotmoqdir
Yo'qotmoq topmoq

Sen so'lib men yashab
To'lishimga boq

Sensiz topganimdan
Ko'proq yo'qotdim
Sen meni yupatding
Seni yig'latdim

Sen meni yaratding seni tugatdim
Uyalmay ona deb kelishimga boq

Sen meni yaratding seni tugatdim
Uyalmay ona deb kelishimga boq

Sog'inch haqida she'rlar
Yozdim o'zimcha
Mendan peshonangda
Dog'lar tizimcha