Talpinib zorlanar
Endi ko'zimiz

Dilda ko'milib tilda
Qolgan so'zimiz

Bir zumda begona
Bo'ldik ikkimiz
Nega ayro tushdi
Taqdir yo'limiz

Qancha yaqinlashmay
Sendan yiroqman

Labinggda qolgan
O'sha titroqman

Sevgisi javobsiz
Qolgan so'roqman
Nega ayro tushdi
Taqdir yo'limiz